Siz borsizki dil xotirjam

Siz borsizki dil xotirjam, qaddim baland,
Bag‘rim butun, baxtim gulgun, boshim osmon.
Bu dunyoda Siz hammadan eng keragim,
Otajonim, onajonim bo‘ling omon!

Bizni deya tunlaringiz o‘tdi bedor,
Gohi bilmay qalbingizga berdik ozor.

Bugun Sizga  bor mehrimni etay izxor,
Otajonim, onajonim bo‘ling omon!

Yig‘lasangiz bu yuragim bo‘lar pora,
Bolam deya zil yelasiz,  ming ovora.
Biz ne desak, hammasiga topar chora,
Otajonim, onajonim bo‘ling omon!

Shodliklarga to‘lsin doim hayotingiz,
Ta’riflarga sig‘mas asli bayotingiz.
Birzlar uchun baxtdir Sizlarning boringiz,

Otajonim, onajonim bo‘ling omon!

Madinaga olib boray o‘zim bir kun,

Mehnatingiz pohatini ko‘ring gulgun,

Ta’zimdamiz qarshingizda dildan bugun,

Otajonim, onajonim bo‘ling omon!

 

Moxinaxon SOYIBNAZAROVA,

Beshariq  tumani Tibbiyot birlashmasi

perinatal markazi hamshirasi

 

Улашинг: