«8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni» munosabati bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan «Tabiat va ayol» ko‘rik tanlovi e’lon qilingan edi.
Bugun hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarning ishlari respublika bosqichida saralanmoqda. Har bir yo‘nalish bo‘yicha 1, 2 va 3-o‘rin g‘oliblari aniqlanib, esdalik va qimmatbaho sovg‘alari topshiriladi.
Tanlov g‘oliblari 8-mart — «Xalqaro xotin-qizlar kuni» munosabati bilan tashkil etiladigan tantanali tadbirda va O‘zbekiston Ekologik partiyasi ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi.

