Har yilning 3-mart sanasi BMT Bosh assambleyasi tashabbusiga binoan “Yovvoyi tabiat kuni”sifatida nishonlanadi. Aynan mana shu kuni jahon hamjamiyatining eʼtibori yovvoyi tabiatni asrash masalasiga qaratiladi.
1970-yildan 2014-yilga qadar sutemizuvchilar, qushlar, baliqlar, sudralib yuruvchilar va amfibiyalarning global populyatsiyasi 60 foizga qisqargan.
Biologik xilma-xillikning yoʻqotilishi – shunchaki ekologik muammo emas. Bu holat oxir-oqibatda iqtisodiyot, insoniyat taraqqiyoti va xavfsizligiga ham tahdid soladi.

Olimlar yovvoyi tabiatga xavf soluvchi asosiy 5 omil mavjud ekanligini aytishadi.
Bular:
– Quruqlikdagi va dengizdagi resurslardan foydalanishdagi oʻzgarishlar;
– Yovvoyi tabiatni toʻgʻridan toʻgʻri yoʻq qilish;
– Iqlim oʻzgarishlari;
– Atrof-muhitning ifloslanishi;
– Insoniyat tomonidan ekotizimga invaziv turlarning kiritilishi.

Bu kunning qator maqsadlari:
✅ Yovvoyi hayvonlar va o‘simliklarning biologik xilma-xilligini saqlash
✅ Noqonuniy ov va noqonuniy savdoga qarshi kurash
✅ Inson va tabiat o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash
✅ Odamlarda ekologik ongni oshirish
Yovvoyi tabiat – bizga berilgan bebaho ne’mat! Uni asrash va kelajak avlodlarga sog‘-omon yetkazish har birimizning vazifamizdir!